Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kaptiva» egasi chuv tushdi

«Kaptiva» egasi chuv tushdi

«Kaptiva» rusumli avtomashinani 31000 AQSh dollariga sotib olishini aytib, uning egasiga 2000 AQSh dollarini beradi va qolgan 29000 AQSh dollarini 3 kun ichida berishini aytib ishonchiga kiradi. So‘ng esa...

Buxoro shahrida 3-dekabr kuni A.Somiy ko‘chasida yashovchi fuqaro F.S. IIBga murojaat qiladi.

Uning aytishicha, shu yil 19-iyul kuni Buxoro tumanida yashovchi J.S. fuqaro F.S.ga tegishli «Kaptiva» rusumli avtomashinasini 31000 AQSh dollariga sotib olishini, oldindan 2000 AQSh dollarini berib, qolgan 29000 AQSh dollarini 3 kun ichida berishini aytadi.

Shu tarzda aldov yo‘li bilan uning ishonchiga kirib, avtomashinani olib ketadi va shu kunning o‘zida avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida J.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring