Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinda maishat. Tarmoqlarda Uychi hokimining «biti to‘kilayotgani» aks etgan lavha tarqaldi

Karantinda maishat. Tarmoqlarda Uychi hokimining «biti to‘kilayotgani» aks etgan lavha tarqaldi

Skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Uychi tumani hokimi deyilayotgan shaxs yaqinlari bilan maishat qilayotganiga oid lavha tarqaldi.

Unda hokim ekani aytilgan shaxsning mastona harakatlari aks etgan. Aftidan, maishat xonadonda uyushtirilgan va unda o‘nga yaqin insonlar ishtirok etgani ko‘rinadi. E’tiborlisi, «mashvarat»ga  mahalliy san’atkorlar ham taklif etilib, hokim buva ularga o‘z «san’ati»dan «master-klass» o‘tayotgani ham anglashiladi.

Aytilishicha, hokim va uning yaqinlari rosa yayragan voqelik  26-iyul  - shanba - karantin qoidalari kuchaytirilgan kuni bo‘lib o‘tgan.

Lavha bo‘yicha Namangan viloyat hokimiligi yoki boshqa vakolatli organlar hozircha bayonot bergani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring