Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Katta miqdorda pul o‘zlashtirgan yangiyo‘llik firibgar qo‘lga olindi

Katta miqdorda pul o‘zlashtirgan yangiyo‘llik firibgar qo‘lga olindi

Foto: «bnstax.com»

U ikki nafar fuqaroni MIB tomonidan musodara bo‘lgan arzon narxdagi «Malibu» va «Kaptiva» rusumli avtomashinalarni hamda Sh.Rustavelli ko‘chasi joylashgan xonadonni onlayn birja orqali olib berishini aytib, 57.150 AQSh dollariga chuv tushirgan.

Shu yil aprel oyidan 20-iyul kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro A.O. Yunusobod tumanida yashovchi B.B. va Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi K.R.larga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB tomonidan musodara bo‘lgan arzon narxdagi «Malibu» va «Kaptiva» rusumli avtomashinalarni hamda Sh.Rustavelli ko‘chasi joylashgan xonadonni onlayn birja orqali olib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchlariga kirgan hamda ulardan jami 57.150 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro A.O. qolga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring