Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kattaqo‘rg‘onda vafot etgan uch bolaning nimadan zaharlangani ma’lum bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘onda vafot etgan uch bolaning nimadan zaharlangani ma’lum bo‘ldi

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida bir oilaning besh nafar a’zosi kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan zaharlanish oqibatida voyaga yetmagan uch nafar bola vafot etgani xabar qilingandi.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 12-yanvar kuni  soat 10:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi 1986- yilda tug‘ilgan D.J., uning turmush o‘rtog‘i 1991-yilda tug‘ilgan S.O., ularning voyaga yetmagan farzandlari 2012-yilda tug‘ilgan S.P., 2016-yilda tug‘ilgan M.P. va 2019-yilda tug‘ilgan Sh.P.lar yashash uyi xonasida is gazidan zaharlanish alomatlari bilan yaqin qarindoshlari tomonidan topilgan.

Voyaga yetmagan S.P., M.P. va Sh.P.lar hodisa joyida vafot etgan va sud tibbiyot ekspertizasining birlamchi ma’lumotida, ularning o‘limi is gazidan zaharlanish natijasida yuzaga kelganligi aniqlangan.

Oila boshliqlari — D.J. va S.O.ga hozirda zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring