Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelajak messenjerlari. Kommunikatsiyani o‘zgartirib yuborishga qodir 5 texnologiya

Kelajak messenjerlari. Kommunikatsiyani o‘zgartirib yuborishga qodir 5 texnologiya

Foydalanuvchilarning 88 foizi messenjer orqali suhbatlashishni ma’qul ko‘radi.

Foto: «Nv.ua»

Smartfon ishlatadiganlarning ko‘pchiligi bir kunda 10 soat vaqtini messenjerda o‘tkazadi. Foydalanuvchilarning 88 foizi aynan messenjer orqali suhbatlashishni ma’qul ko‘radi. Yana Rojkova kelajakda bizni messenjerlar borasida qanday yangiliklar kutayotgani bilan tanishtirdi.

Ayni vaqtda kommunikatsiyaning katta qismi aynan matnli xabarlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — biz uchrashuv vaqtini belgilashga va yangi filmning epizodlarini muhokama qilishga ko‘nikib qoldik.

Shu bilan birga matnni yozish ovozli xabar yoki surat yuborishdan ko‘proq qo‘shimcha diqqat-e’tiborni va vaqtni talab qiladi. Messenjer ishlab chiqaruvchilar ushbu jarayonni yengillashtirish va osonlashtirishda yordam beradigan bir nechta yangi funksiyalar ustida izlanish olib borishmoqda. Yaqin kelajakda messenjerlarni nima kutmoqda?

1. Stikerlar: bir marta bosish orqali suhbat

Eng oddiy yechim — bu stikerlar. Ular 2013-yilda Yaponiyada paydo bo‘ldi va tezda butun dunyoga tarqaldi. Hozirda ular messenjerda suhbatlashishning asosiy vositasiga aylanib ulgurdi. Axir kerakli stikerni yuborish butun boshli gapni yozishdan ancha qulay va tez.

Bundan tashqari ular matnli xabarlar orqali ifodalab bo‘lmaydigan his-hayajonni ham taqdim etadi.

Ayniqsa, stikerlardan bayram vaqtlari faol foydalaniladi — bunda ularning hajmi 80 foizga o‘sadi. Kelajakda ular ancha universal va qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Shunda ularning o‘zaro suhbatdagi ahamiyati yanada ortadi.

2. Botlar: Sun’iy intellekt erasining boshlanishi

So‘nggi vaqtlarda messenjerlarning imkoniyati sun’iy intellekt hisobiga ortmoqda — messenjerlarda ko‘plab botlar «yashamoqda».

Sun’iy intellektga asoslangan Ivi chat-boti.
Foto: «alenakraeva.com»

Ularning aksariyati standartlashtirilgan dastur sifatida IVR-tizim sxemasi bo‘yicha ishlaydi — foydalanuvchiga bir qator variantlar taklif qilinadi va unga standartlashtirilgan javob qaytariladi. Bu kabi dasturlar juda muvaffaqiyatli — masalan, foydalanuvchilar dasturning ichidan chiqmasdan turib, kreditni rasmiylashtirishi mumkin.

3. Bot-chatlar: sun’iy do‘st

Bot-chatlar kundalik hayotimizga kirib kelmoqda. Ushbu texnologiyaning qay darajada rivojlanayotganini bevosita kuzatyapmiz: botlar foydalanuvchilar bilan suhbatlashish va uning mummolariga yechim taklif qiluvchi to‘laqonli yordamchiga aylanmoqda.

Tasavvur qiling, bot-dugona sizga qomatingizga mos zamonaviy kuylak tanlashda yoki kayfiyatingiz buzilganida, uni ko‘tarishda xizmat qiladi.

Bu kabi texnologiyalar hayotga tatbiq qilib bo‘lindi. Masalan, «Swelly» boti garderobni baholay oladi, «the Hipster Cat Bot» esa — bayram oqshomi uchun eng zamonaviy kiyimni tanlaydi, «HuffPost Entertainment» tomosha qilish mumkin bo‘lgan yangi komediyani tavsiya qiladi va hakozo.

Hozircha aksariyat botlar ideal emas, ularning mashhurligi sun’iy intellektning messenjerlar rivojidagi muhim rolini ko‘rsatib beradi.

4. Messenjerlarning kengayishi: barcha dasturlar o‘rniga — bitta dastur

Messenjer ishlab chiqaruvchilar bir nechta funksiyani bajaruvchi dasturlarni bitta kommunikatsiya maydonida birlashtirish ustida bosh qotirishmoqda. Bu smartfonlarning qotishini oldini oladi va juda qulay: bir dasturdan ikkinchisiga «sakrab» o‘tish shart emas.

Ancha dolzarb trend — bu messenjerlar va elektron tijorat xizmatlarini birlashtirishdir. Messenjerlarning riteylerlar bilan hamkorligi natijasida foydalanuvchilar chat oynasi orqali xizmatlarga buyurtma berishi va ularning haqini to‘lay olishi mumkin.

5. Qo‘shimcha reallik: yolg‘izlikka barham beriladi

Shuncha imkoniyatlarga qaramay messenjerlar orqali suhbatlashish yuzma-yuz gaplashgandan tubdan farq qiladi — axir odam 80 foiz ma’lumotni ko‘rish orqali qabul qiladi. Aynan shu sabab messenjerlar ishlab chiqaruvchilari yangi texnologiyalar yordamida suhbat yanada ko‘proq oflayn aloqaga o‘xshash bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladilar.

Hozirda virtual, qo‘shimcha va aralash olam majud. Virtual olam bu to‘liq modellashtirilgan olamga kirib ketish demakdir. Qo‘shimcha va aralash olam esa — virtual olamning ma’lum bir ob’yektlarni real hayotga tadbiq etish hisoblanadi.

Ushbu texnologiyalarning har biri alohida ahamiyatga ega, biroq shunga qaramay ular o‘xshash: barchasi tom ma’noda masofani bosib o‘tishga — e’tiborga molik hodisalarni va o‘zaro aloqalarni birgalikda boshdan kechirishga yordam beradi.

«Yulduzlar jangi» filmidan.
Foto: «No Film School»

«Yulduzlar jangi»da qahramonlar golografik tasvirlar bilan gaplashganini eslaysizmi? Biz shunga yaqinlashyapmiz.

Qo‘shimcha olam texnologiyasining ishlash tamoyili quyidagicha: maxsus sensorlar inson va uning harakatini fiksatsiya qiladi, shundan so‘ng dastur golografik shaklni modellashtiradi. Bu orqali esa nafaqat yozib olingan xabarlarni so‘zlash, balki real vaqt tartibida aloqa o‘rnatish ham mumin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring