Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelasi hafta O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga safar qiladi

Kelasi hafta O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga safar qiladi

2018-yil 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi. Bu haqda «Turkmanportal» AA xabar berdi.

Uchrashuv «Avaza» milliy turistik zonasida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.

Turkmaniston tomonidan 2018-yilda Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi ishtirokchi davlatlari sammiti o‘tkazilishi, iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi rezolyusiyasi bilan ham ma’qullangandi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi 1993-yil 26-martda Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari rahbarlari hamkorligida Orol dengizi havzasida ekologik inqirozga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun tuzilgan.

2017-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda Turkmaniston jamg‘armaga raislik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring