Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Keniyadagi yirik avtohalokatda 50 kishi halok bo‘ldi

Keniyadagi yirik avtohalokatda 50 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Sabah.com»

Keniyada avtobus halokatga uchrashi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com».

Yo‘l transporti hodisasi oqibatida 14 kishi yaralangan.

Naiboridan Kakamega harakatlanayotgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan.

Politsiya xodimlari halok bo‘lganlardan 31 nafari erkak, 12 nafari ayol va 7 nafari bola ekanini aytmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring