Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kilogrammning yangi etaloni tasdiqlandi

Kilogrammning yangi etaloni tasdiqlandi

Foto: «Etcetera.media»

Kilogrammning etaloni o‘zgardi: platina-iridiyli silindr o‘rnini kvant fizikasiga asoslangan formula egallaydi. Fransiyada o‘tkazilgan Xalqaro o‘lchovlar va og‘irliklar byurosi yig‘ilishida shu qarorga kelindi.

Uch qavatli germetik shisha ostida saqlanishiga qaramasdan, metall silindr yemirilib borayotgani kilogramm etaloni o‘zgarishiga asos bo‘ldi.

Yangi tizim 2019-yilning 20-mayidan kuchga kiradi. Metrik o‘lchov tizimidagi mamlakatlar «Kibbl balansi»dan foydalanishga o‘tadi. Qurilma tok va kuchlanishning ko‘paytmasidan kelib chiqib, massani aniqlaydi.

Xalqaro o‘lchovlar va og‘irliklar byurosi direktori Martin Milton ushbu o‘zgarishlarni tarixiy voqea deb ta’rifladi. Uning aytishicha, SI tizimi o‘rniga yangi o‘lchovlar tizimi yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring