Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In mudofaa vaziri va qo‘mondonlarni ishdan oldi

Kim Chen In mudofaa vaziri va qo‘mondonlarni ishdan oldi

Foto:«Straittimes.com»

Shimoliy Koreyada mudofaa vaziri va qo‘mondonlar ishdan olindi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Shu yil 12-iyun kuni Singapurda Donald Tramp bilan Kim Chen Inning uchrashuvi o‘tkazilishi kutilayotgan bir paytda Shimoliy Koreya mudofaa vaziri, qurolli kuchlar qo‘mondoni hamda Koreya xalq qo‘shini siyosiy byurosi direktori lavozimidan ozod etildi.

Janubiy Koreya axborot agentligi «Yonhap» razvedka manbalariga tayanib xabar berishicha, mudofaa vaziri muovini No Kvang Chol vazir Pak Yong Sining o‘rnini egallagan. Qurolli kuchlar qo‘mondoni Ri Myong Suning o‘rniga uning muovini Ri Yong Gil o‘tgan.

Koreya xalq qo‘shini siyosiy byurosi direktori general Kim Su Gil o‘rniga general Kim Chen Gak tayinlangan.

Pxenyandagi bu o‘zgarishlar so‘nggi paytda Shimoliy Koreyaning dunyoga ochilishidagi diplomatik munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bashorat qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring