Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In Singapur bosh vaziri Li Syanlun bilan uchrashdi

Kim Chen In Singapur bosh vaziri Li Syanlun bilan uchrashdi

Foto:«Reuters»

Kim Chen In Singapur bosh vaziri Li Syanlun bilan uchrashdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uchrashuv «Facebook» orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Kim Chen In Singapur hukumatiga AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining tarixiy uchrashuviga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, Li Syanlun ham Kimga Singapurga tashrif buyurib, o‘zi bilan uchrashgani uchun tashakkur aytdi.

Avvalroq «Straits Times» nashri Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Singapurga «Air China» aviakompaniyasi samolyotida yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shu yil 12 iyun kuni Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tarixda ilk bor uchrashishi kutilayapti.

Singapurdagi «St. Regis», ya’ni Shimoliy Koreya yetakchisi joylashgan mehmonxona atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, hatto qush uchishiga ham ruxsat berilmayapti.

Muzokara mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring