Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim uzoqroq yura oladi? BMW bir quvvatlanishda 700 kilometr yo‘l yuradigan elektromobilini sotuvga chiqaradi

Kim uzoqroq yura oladi? BMW bir quvvatlanishda 700 kilometr yo‘l yuradigan elektromobilini sotuvga chiqaradi

Kim uzoqroq yura oladi?

Foto: «ITC.ua»

O‘tgan yili Frankfurtdagi avtosalonda BMW kompaniyasi bir marta quvvatlanganida 600 kilometr yura oladigan «Vision Dynamics» elektromobilining konseptini taqdim etgandi.

Kompaniya Detroytdagi avtoshouda ma’lum qilishicha, 2021-yildan sotuvga chiqariladigan «iNext» modeli 700 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir bo‘ladi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Ayni vaqtda BMW  «iNext»ning yangi avlodi ustida ish olib borayotgani sababli uning yakuniy parametrlari sinov yakunlangach ma’lum bo‘ladi. Biroq har qanday vaziyatda ham unga loyihachilar taqdim etgan batareyalar o‘rnatiladi.

Ta’kidlash joizki, hozircha birorta kompaniya bir marta quvvatlanib 700 kilometr yura oladigan modelni taqdim etmadi. Hatto 100 kilovatt/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan «Tesla Model S 100D» sedani ham 560 kilometr yura oladi. 1000 kilometr yura olishga qodir «Tesla Roadster» superkariga 200 kilovatt/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shunday ekan, BMW o‘z oldigan qo‘ygan maqsadiga erisha olishi mumkin.

Shuningdek, BMWning ma’lum qilishicha, elektromobillarga o‘rnatiladigan akkumulyator batareyalari 15 yil ishlatilganidan keyin ham o‘z sig‘imining kamida 70 foizini saqlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring