Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni oshdi. Vazirlik ular kimlar orasidan chiqqanini ma’lum qildi

Koronavirus yuqtirganlar soni oshdi. Vazirlik ular kimlar orasidan chiqqanini ma’lum qildi

2020-yil 25-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3215 (+26) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari Karantin markazida aniqlangan. Ulardan 23 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) yurtimizga kirib kelgan va karantinga olingan. Yana 2 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga olingan.

Shuningdek, 1 nafari esa Toshkent viloyatida Qozog‘istondan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 2607 (+42) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Avval xabar qilingandek, sog‘ayganlarning 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 17 nafari Samarqand viloyatidan hamda 21 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 595 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring