Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kimyoviy hujum» sahnalashtirilganmidi?

«Kimyoviy hujum» sahnalashtirilganmidi?

Foto: «Korrespondent.net»

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 7-aprel kuni Suriyaning Duma shahriga uyushtirilgan kimyoviy hujum isyonchilar tomonidan sahnalashtirilgan deb hisoblashini aytib o‘tdi. Bu haqda 13-aprel kuni gollandiyalik hamkasbi bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Yevronyus».

Uning aytishiga qaraganda, Rossiyada bu ishning ortida qudratli g‘arb davlatlari maxfiy xizmatlari qo‘li borligini istbotlovchi dalillar mavjud. Shuningdek, u g‘arb davlatlarini Suriya hukumati ob’yektlariga qarshi hujum qilish fikridan qaytarishga urinib ko‘rdi.

«Liviya va Livandagi kabi hodisalar yuz berishidan xudoning o‘zi asrasin. Umid qilamanki, hech kim bunday ishga qo‘l urmaydi. Arzimagan harakatlar yana Yevropaga muhojirlar oqimini kuchaytirib yuborishi mumkin», deya ta’kidladi Lavrov.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13-aprel kuni Fransiya prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida Fransiyaning «har qanday o‘ylamasdan qilinadigan hatti-harakatlari tasavvur qilib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligi»dan ogohlantirdi. Bunday harakatlar BMT ustaviga mos kelmasligini qo‘shimcha qildi.

Shu kunning o‘zida, BMT xavfsizlik kengashi Rossiyaning so‘rovi bilan AQSh va uning hamkorlari Suriyaga uyushtirishi mumkin bo‘lgan hujumlari yuzasidan navbatdagi shoshilinch majlisini chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring