Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klichkoga jinoiy javobgarlik xavf solmoqda

Klichkoga jinoiy javobgarlik xavf solmoqda

Foto: «LIGA.net»

Solomensk tuman sudi Ukrainaning Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosiga Kiyev meri Vitaliy Klichkoga nisbatan tergovoldi surishtiruv o‘tkazish majburiyatini yukladi.

Ukraina poytaxti rahbari bir necha jinoyatlarda gumonlanmoqda, ular orasida jinoiy guruh tashkil etish ayblovi ham bor.

Ismi ochiqlanmayotgan fuqaro o‘tgan yili sobiq bokschiga nisbatan jinoyat ishi ochish borasida Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosiga murojaat qilgani aytilmoqda. Biroq byuro uning murojaatini rad etgan edi. Shundan so‘ng da’vogar sudga murojaat qildi. Sud esa amaldorga nisbatan surishtiruv o‘tkazish lozimligi haqida ajrim chiqardi.

Hozircha Kiyev merining xizmat vakolatini suiistemol qilgani borasida hech narsa aniq emas. Klichko ham sukut saqlashni ma’qul ko‘rmoqda. Biroq unga nisbatan shubhalar yetarli. Xususan, Kiyev markazidagi Milliy muzey yonida Ikkinchi jahon urushi qurbonlari sharafiga monument qurilishi bilan bog‘liq tender yuzasidan savollar ko‘p. Ushbu loyiha qiymati 47,5 million grivna (1,6 million dollar)ni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring