Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda Navro‘z kuni sodir etilgan terakt qurbonlari soni 32 taga yetdi

Kobulda Navro‘z kuni sodir etilgan terakt qurbonlari soni 32 taga yetdi

Foto: «Rferl.org»

Afg‘oniston poytaxti Kobulda 2018-yilning 21-mart, ya’ni Navro‘z kuni uyushtirilgan portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 32 taga yetdi, jarohat olganlar esa 52 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Afg‘niston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: «Rsute.ru»

Dastlabki xabarlarda 29 kishi halok bo‘lgani va 52 kishi jarohatlangani aytilgandi.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi vakili Nusra Rahimiyning ma’lum qilishicha, terakt Ali Obod tumanida, Kobul universitetining kirish qismida sodir etilgan. Hudkush shialar masjidiga bahor bayrami Navro‘zni nishonlash maqsadida kelgan odamlar orasida kirib, bombani portlatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring