Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KOICA tashkiloti Toshkent shahridagi Inha universitetiga Koreyadan ko‘ngillilarni jalb qilishga ko‘maklashadi

KOICA tashkiloti Toshkent shahridagi Inha universitetiga Koreyadan ko‘ngillilarni jalb qilishga ko‘maklashadi

KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Song Il Son boshchiligidagi delegatsiya.

Foto: «Inha.uz»

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Song Il Son boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rektori Sarvar Babaxodjayev va universitetning birinchi prorektori Cho Vu Sug KOICA delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida IUT va KOICA vakillari ta’lim tizimini takomillashtirish va O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, tomonlar IUTdagi ayrim fanlarni o‘qitish uchun Janubiy Koreyadan ko‘ngillilarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etish lozimki, IUT ma’muriyati KOICA ko‘magida Janubiy Koreyaning ko‘ngillisini jalb qilgan va hozirda u universitet talabalariga koreys tilini o‘rgatmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni faollashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring