Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koinotda 161 kun yashagan uch astronavt yerga qaytmoqda

Koinotda 161 kun yashagan uch astronavt yerga qaytmoqda

Foto: «Hurriyet.com»

Rus astronavti Oleg Artyomev, NASA astronavtlari Driv Feustel va Riki Arnold «Soyuz MS-08» yo‘ldoshi bilan 161 kundan keyin yerga qaytmoqda. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Shu yilning 21 mart kuni Qozog‘istonning «Baykonur» koinot bazasidan uchirilgan «Soyuz MS-08» yo‘ldoshi 2 kundan so‘ng koinotni kuzatishga kirishgan edi.

Yo‘ldosh ichida bo‘lgan rossiyalik Oleg Artyomev, amerikalik Driv Feustel va Riki Arnold ismli astronavtlar Xalqaro koinot stansiyasida ilmiy izlanishlar olib bordi.

«Soyuz MS-08» yo‘ldoshi shu yil 4 oktyabr kuni uchirilgan joyi, ya’ni Qozog‘istonning «Baykonur» koinot bazasiga qaytadi.

Yo‘ldoshni kutib olish uchun Rossiyadan 180 kishilik guruh «Baykonur»ga jo‘natildi.

Shu bilan birga, Rossiya Qozog‘istonga 12 ta «MI-8» vertolyoti, 3 ta «AN-12» samolyoti, bitta «AN-26» samolyoti hamda boshqa texnika vositalarini yubordi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring