Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kolin Pauell vafot etdi

Kolin Pauell vafot etdi

AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell koronavirus asoratlari tufayli 84 yoshida vafot etdi, deya xabar berildi uning «Facebook»dagi sahifasida.

«General Kolin Pauell  bugun ertalab COVID-19 bilan bog‘liq asoratlardan vafot etdi», — deyiladi xabarda.

Kolin Pauell qariyb yarim asr mobaynida Pentagon, Oq uy va Davlat departamentida turli lavozimlarda ishlagan va AQShning Sovuq Urushdan keyingi eng yirik harbiy harakatlari — «Cho‘l bo‘roni» operatsiyasi va Iroqqa bostirib kirishiga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring