Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyutermas – mashina: «Apple» eng zo‘r va qimmat «iMac» monoblogini sotuvga chiqardi

Kompyutermas – mashina: «Apple» eng zo‘r va qimmat «iMac» monoblogini sotuvga chiqardi

Bu kompyuter avvalo dizaynchi va boshqa professionallarga mo‘ljallangan.

Foto: «Forbes.com»

Bu kompyuter avvalo dizaynchi va boshqa professionallarga mo‘ljallangan. «Ferra» portali ma’lumotida aytilishicha, «iMac Pro» 27 dyuymli va deyarli milliard xil rangni qo‘llovchi Retina 5K displeyi bilan ta’minlanadi.

O‘n sakkizta yadroli Intel Xeon protsessori hamda AMD Radeon Pro Vega grafik tizimlari kompyuterga 22 teraflopsgacha shiddat beradi. Monoblok to‘rtta Thunderbolt 3 porti va yangi sovitish tizimiga ega.

Albatta, yangi kompyuterning narxi ham imkoniyatlaridan qolishmaydi: masalan, sakkiz yadrolisi – 4999 dollar, o‘n yadrolisi – 5799 dollar, 14 va 18 yadrolilari – 6599 va 7399 dollardan. Xullas, qimmatlikda bemalol avtomobil bilan bellasha oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring