Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konte «kech bo‘shatgani» uchun «Chelsi»ni sudga bermoqchi

Konte «kech bo‘shatgani» uchun «Chelsi»ni sudga bermoqchi

Foto: «Instagram/chelseafc»

«Life.ru» yozishicha, Antonio Kontening noroziligiga sabab shuki, uni «Chelsi» juda kech ishdan bo‘shatgan. Konte hatto klub bilan mavsum oralig‘i mashg‘ulotlarini boshlab ham yuborgandi, biroq oradan bir necha kun o‘tib ishdan haydashdi. Endi esa, bo‘lajak mavsumga kam vaqt qolgani uchun, u o‘ziga ish topa olmasligi mumkin.

Antonio Konte «Chelsi»ni 2016-yilning 14-iyulidan boshqarishni boshlagan. U ikki yil davomida jamoa bilan Angliya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritdi. Biroq 2017/2018-yil mavsumida chempionatda beshinchi o‘rinni egallagan «aristokratlar» Chempionlar ligasidan quruq qolishdi. Kontening o‘rnini vatandoshi — shu paytgacha «Napoli»ni boshqarib kelgan Mauritsio Sarri egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring