Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreya koronavirusga qarshi kurashishda hech kim qo‘llamagan usullardan foydalanmoqda

Koreya koronavirusga qarshi kurashishda hech kim qo‘llamagan usullardan foydalanmoqda

Foto: «Fb.ru»

Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi kurashishda keskin choralar ko‘rmoqda. Bu haqda «Yonxap» agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya razvedkasining ma’lumotlariga ko‘ra, uning qo‘shnisi Xitoy bilan chegarani minalashtirib tashlagan. Qayd etilishicha, Pxenyan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun texnik yoki jismoniy imkoniyatlarga ega emas. Bu esa halokatli oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Agar virus mamlakat bo‘ylab tarqaladigan bo‘lsa, kamida 500 ming kishi halok bo‘lishi hech gap emas.

Bundan tashqari, KXDR hukumati koronavirus kirib kelishidan xavotirlanib boshqa mamlakatlardan, shu jumladan, Janubiy Koreyadan jo‘natmalarni qabul qilmay qo‘ydi. Avgust oyida chegaradan mahsulotlarni o‘tkazgan mansabdor shaxslar jazolandi. Pxenyan, shuningdek, COVID-19 tarqalishiga qarshi kurasholmaydigan amaldorlarni jazolashga va’da bergan — ular o‘lim jazosiga mahkum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring