Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyalik kinoyulduz 25 yoshida vafot etdi

Koreyalik kinoyulduz 25 yoshida vafot etdi

Foto: «tsargrad.tv»

Janubiy Koreyalik kinoyulduz va xonanda Choy Jin Ri (sahnadagi taxallusi — Solli) 25 yoshida vafot etdi. U f(x) guruhida xonanda bo‘lgan, shuningdek qator teleseriallar va filmlarda rol o‘ynagan.

Politsiyaga uning o‘limi haqida menejeri xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qiz qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ygach, uyiga borgan.

«Kecha biz oxirgi marta suhbatlashgandik. Shundan beri Solli telefonni olmadi», deydi menejeri.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqchi va aktrisa zo‘riqishdan aziyat chekkan. Uning faoliyatida hamma narsa yaxshi edi, deb ishontiradi menejer. U juda talabchan edi, turli loyihalar ustida ishlardi.

Koreya nashrida qayd etilishicha, yaqinda qiz Instagram orqali ayollar uchun kiyim-kechak tanlash erkinligini targ‘ib qilgani uchun ko‘plab salbiy sharhlar olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda u haqoratlarga uchragan. Uning o‘z joniga qasd qilishiga shu sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

2009 yilda debyut qilgan tezda Janubiy Koreyada katta mashhurlikka erishdi. Qisqa vaqt ichida u xorijda ham tanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring