Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyalik maslahatchilar IUT faoliyati bilan tanishishdi

Koreyalik maslahatchilar IUT faoliyati bilan tanishishdi

Foto: «Inha.uz»

Janubiy Koreya maslahatchilari delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida «Korea Information Society Development Institute» (Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti), «Research Institute for Small and Medium Business» (Kichik va o‘rta biznes tadqiqot instituti) va «Global Entrepreneurs Foundation» (Tadbirkorlarning global jamg‘armasi) vakillari bor.

Janubiy Koreyalik maslahatchilar O‘zbekistonda dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirish va startap loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash uchun O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Delegatsiyani Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev va universitetning birinchi prorektori Cho Vu Sug qabul qilishdi.

Uchrashuv chog‘ida mehmonlar Toshkent shahridagi Inha universitetining ta’lim tizimi hamda talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring