Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘rinmas odam». Nima uchun sizni hech kim payqamaydi?

«Ko‘rinmas odam». Nima uchun sizni hech kim payqamaydi?

Foto: «Shutterstock.com»

Inson o‘z-o‘zidan boshqalar nazdida ko‘rinmas bo‘lib qolmaydi. Bu jarayon bolalikdanoq boshlanadi, ota-onalar o‘zlari istamagan holda farzandining shunday ko‘rinishiga sabab bo‘lishadi. Chunki atrofdagilar uchun «ko‘rinmas odam»ning bo‘lishi juda qulay. Ammo buning tubida juda katta muammolar mavjud.

Masalan, farzandning boshqa bolalar bilan solishtirilaverishi, oilada o‘z o‘rnining yo‘qligi, hadeb turtkilanaverishi bolaning odamovi bo‘lib qolishiga olib keladi.

Inson o‘zini qanday namoyon etishi kerak?

Ko‘pchilik insonlar uni atrofdagilar sezmayotganiga ahamiyat berishmaydi. Hatto ayrimlarga bu holat ularni «shafqatsiz hayot»dan qutqaradigandek tuyuladi. Shu bois kishi «ko‘rinmas odam»ga aylanish tufayli nimalardan mahrum bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ko‘rishi kerak. Shundan so‘ng quyidagi savolga javob berishi lozim: atrofdagilar uchun ko‘rinmas insonga aylanish orqali quvonchlardan voz kechish yaxshimi?

Eng muhimi, atrofdagilar men nima istayotganimni biladi degan fikrdan voz keching. Buning uchun avvalo inson o‘z-o‘ziga «ayni dam men nimaga muhtojman?» degan savolni berishi darkor. Shu tariqa o‘z oldingizga aniq maqsadlar qo‘ying. Nima istayotganingizni aniqlaganingizdan so‘ng, uni atrofdagilar oldida ham namoyon etish kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring