Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus BMT shtab-kvartirasiga ham kirib bordi

Koronavirus BMT shtab-kvartirasiga ham kirib bordi

Foto: «Wikipedia»

BMT shtab-kvartirasidagi xodimlar o‘rtasida koronavirus bilan kasallanish holati birinchi marta qayd etildi.

«Filippin vakilligi xodimasiga virus tashxisi qo‘yildi», — deyiladi tashkilot xabarida.

Shu paytgacha Bosh kotib ofisidagi BMT xodimlari orasida koronavirusni yuqtirish holati kuzatilmagandi.

Manbaga ko‘ra, Filippin doimiy vakiligi «Filippin missiyasi xodimasi COVID-19 bilan kasallangani tasdiqlangani» haqida bugun xabar bergan.

Filippinlik xodima oxirgi marta BMT shtab-kvartirasida dushanba kuni soat 12:50 dan 01:20 gacha — taxminan yarim soat bo‘lgan.

Ayni paytda Filippin doimiy vakilligi yopilib, barcha xodimlari ko‘ngilli ravishda karantinga chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring