Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus kelib chiqishining eng yangi versiyasi tasdiqlandi

Koronavirus kelib chiqishining eng yangi versiyasi tasdiqlandi

Foto: «Tsargrad.tv»

Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi direktori Gao Fu koronavirus kelib chiqishi haqidagi yangi versiyani tasdiqladi. Unga ko‘ra xastalik Uxan shahridagi  bozorda paydo bo‘lmagan. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

«Avvaliga virus dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandik», — dedi u. Gaoning izohlashicha, bozordagi jonivorlardan olingan tahlillarda virus izlari topilmadi. Biroq ular bir nechta boshqa namunalarda, jumladan, oqava suvlarda aniqlangan. Shunga ko‘ra u virus Uxan bozorida paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

Bundan tashqari, Gaoning fikricha, yangi tipdagi koronavirus odamlarni zararlashi mumkin bo‘lgan boshqa koronaviruslar orasida yettinchisi hisoblanadi. «Lekin bu virus boshqalariga o‘xshamaydi», — dedi u.

29-mart kuni Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktiki markazi olimlari Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida koronavirusning paydo bo‘lishi haqidagi versiyani inkor etishdi. Ular infeksiyaning birinchi manbai deya gumon qilinayotgan joydan namunalar olib tekshirib ko‘rishdi va infeksiya izlarini topishmadi. Shunga qaramay, virus odamga ko‘rshapalaklardan yuqqan degan degan versiya tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring