Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston va jahondagi vaziyat, 1 aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston va jahondagi vaziyat, 1 aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 1-aprel (mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 18-kuni)ga kelib, O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar jami soni 172 nafarga yetdi. Shulardan sakkiz nafari sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

Ayni paytda qo‘shni Qozog‘istonda 343, Qirg‘izistonda 107 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Koronavirusni yuqtirish bo‘yicha Turkiyada — 13 531, Janubiy Koreyada — 9 786, Rossiyada — 2 337, Ukrainada — 645 holat qayd etildi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar: AQSh (185 mingdan ziyod) va Italiya (salkam 106 ming nafar). Keyingi o‘rinlarda Ispaniya (95,9 ming), Xitoy (81,5 ming, shundan 76 mingdan ziyodi tuzalib ketgan) va Germaniya (71,7 ming). Kecha Italiyada — 837 (jami 12 428), Ispaniyada — 748 ( jami 8 464), AQShda — 666 kishi (jami 3 780) koronavirusdan vafot etdi.

1-aprelning ayni daqiqalariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 854 035 nafarga yetdi, shundan 42 014 nafari vafot etgan, 176 906 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Ayni paytda dunyoning 180 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring