Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekistonda yil boshidan beri rekord natija kuzatildi

Koronavirus: O‘zbekistonda yil boshidan beri rekord natija kuzatildi

2021-yil 14-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85730 (+227) nafarni tashkil etmoqda. Mazkur natija 2021 yil eng yuqorisi sanaladi. Avvalgi rekord 212 bemor (13 aprel) edi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
25 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
3 nafari Farg‘ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
 42 nafari Toshkent viloyatida,
129 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1634 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring