Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus qanday haroratni yoqtiradi?

Koronavirus qanday haroratni yoqtiradi?

Foto: «Versiya.info»

Gonkong universiteti koronavirus eng faol bo‘ladigan haroratni aniqladi. Bu noldan yuqori 4 daraja atrofidagi harorat ekan. Bunday haroratda dezinfeksiya qilinmasa, virus ikki hafta faolligini saqlab qoladi. Bu haqda «Rambler» xabar berdi.

Olimlarning xulosalari «medRxiv» portalida chop etildi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus yuqori haroratga ham dosh berishi mumkin. Biroq 70 darajada u besh daqiqadan so‘ng faolligini yo‘qotadi.

Shuningdek, tadqiqotchilar koronavirus qanday buyumlarning ustida ko‘proq saqlanib qolishini aniqlashdi. Buni qarangki, virus qog‘ozda 3 soat, oynada 4 soat, plastikda yetti soat, yog‘och va kiyimda ikki kungacha, tibbiy niqob yuzasida bir haftagacha saqlanishi mumkin. Shu bois niqobni almashtirmasdan foydalanish mumkin emas.

Yana bir guruh xitoylik olimlar COVID-19 bilan kasallanish havo haroratiga bog‘liqligini o‘rganishdi. Mana, masalan, kunlik kasallanish -10 darajada eng past va +10 darajada eng yuqori bo‘lgan. 7 g/m3 namlikda eng yuqori kasallanish qayd etilgan.

«Harorat Xitoyda COVID-19 tarqalishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Harorat sal pastroq yoki sal yuqoriroq bo‘lganda COVID-19 bilan kasallanish pasayishi uchun ijobiy hol bo‘lardi», — deydi tadqiqotchilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring