Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus suvosti kemasiga ham yetib bordi

Koronavirus suvosti kemasiga ham yetib bordi

Foto: «Defensie.nl»

Suvosti kemasi bortidagi dengizchilar orasida koronavirus tarqalgani bois Niderlandiya harbiy dengiz kuchlarining Shimoliy dengizdagi jangovar navbatchiligi to‘xtatildi, deb xabar berdi «Dutch News» portali.

Mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Shotlandiya qirg‘oqlari yaqinida «Dolfijn» submarinasining 15 nafar ekipaj a’zosi noxushlikni his etib, yo‘tal va isitmadan shikoyat qilgan.

Tahlil xulosasida 8 nafar dengizchida koronavirus aniqlangan. Suvosti kemasi Den-Xelder (Shimoliy Gollandiya provinsiyasi) portidagi bazasiga qaytmoqda. Shundan so‘ng 58 kishidan iborat butun jamoa karantinga joylanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qariyb 12,5 mingta holat qayd etilgan bo‘lib, mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring