Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni e’lon qilindi

Koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni e’lon qilindi

Kecha yurtimizda 879 nafar kishida koronavirus, 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, 6 nafar bemor vafot etdi.

2021 yil 28 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 127506 (+879) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 90 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 32 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 98 nafari Jizzax viloyatida,
  • 27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 28 nafari Namangan viloyatida,
  • 82 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 75 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 50 nafari Xorazm viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent viloyatida,
  • 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 121718 (+573) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 859 nafarni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring