Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 24 mingdan oshdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 24 mingdan oshdi

2020-yil 11-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 983 (+236) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 121 nafari Toshkent viloyatida, 98 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Namangan viloyatida hamda 8 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 32 yoshli Sh.A. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli N.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, 1 098 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 24 090 nafarga (75 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 7 687 nafar bemor davolanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring