Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni qanday baholaysiz? Jamoatchilik fikri natijalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni qanday baholaysiz? Jamoatchilik fikri natijalari

Foto: «latifundist.com»

2018-yil davomida O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar yakunlarini sarhisob qilish maqsadida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan aholi o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazildi.

So‘rovda 2018-yilda mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijalari so‘raldi. Xususan, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar va jamiyat hayotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar baholandi.

Unda respublikaning barcha hududlaridan jami 9440 nafar kishi ishtirok etdi.

Jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasidan – 391 (4,1%), Andijon viloyatidan – 731 (7,7%), Buxoro viloyatidan – 506 (5,4%), Jizzax viloyatidan – 141 (1,5%), Qashqadaryo viloyatidan – 380 (4%), Navoiy viloyatidan – 216 (2,3%), Namangan viloyatidan – 435 (4,6%), Samarqand viloyatidan – 400 (4,2%), Surxondaryo viloyatidan – 783 (8,3%), Sirdaryo viloyatidan – 125 (1,3%), Toshkent viloyati – 1411 (15%), Farg‘ona viloyatidan – 224 (2,4%), Xorazm viloyatidan – 327 (3,5%) va Toshkent shahridan – 3240 (34,3%). Shuningdek, so‘rovda xorijda istiqomat qilayotgan 130 nafar (1,4%) vatandoshlar ham ishtirok etdilar.

Jamoatchilik fikri so‘rovida ishtirok etganlarning 6832 nafari (72,4%) shaharlarda, 2608 nafari esa (27,6%) qishloqlarda istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Respondentlarning kasbiy faoliyat turi bo‘yicha tarkibi:

  • davlat xizmatchisi – 3155 nafar (33,4%)
  • jamoat tashkiloti vakili – 960 nafar (10,2%)
  • tadbirkor – 993 nafar (10,5%)
  • ishchi – 1165 nafar (12,3%)
  • pensionerlar – 265 nafar (2,8%)
  • o‘quvchi/talaba – 2451 nafar (26%)
  • ijodkor – 166 nafar (1,8%)
  • vaqtincha ishlamayotganlar -285 nafar (3%)

2018-yilda Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishi doirasida mamlakatimizda ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi?

  • Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish – 7070 nafar (74,9%);
  • Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish – 5298 nafar (56,1%);
  • Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish – 6709 nafar (71,1%);
  • Ijtimoiy sohani rivojlantirish – 6185 nafar (65,5%);
  • Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat – 8699 nafar (92,2%).

Davlat idoralarining xalq bilan muloqot qilishida, ularning fuqarolarga bo‘lgan munosabatida ijobiy o‘zgarishlarni sezdingizmi?

  • Ijobiy tomonga o‘zgardi va qisman o‘zgardi – 8001 nafar (84,7%)
  • O‘zgarishni sezmagan – 992 nafar(10,5%)
  • Aksincha, salbiy tomonga o‘zgardi – 447 nafar (4,8%)

Cizningcha, ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat yurita olyaptimi?

  • Erkin faoliyat yurita olyapti – 5888 nafar (62,4%)
  • Bu borada o‘zgarishni sezmagan – 2130 nafar (22,5%)
  • Erkin faoliyati cheklangan –1422 nafar (15,1%)

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni qanday baholaysiz?

  • Ijobiy – 6452 nafar (68,3%)
  • Bu borada o‘zgarishni sezmagan – 1768 nafar (18,8%)     
  • Salbiy – 1220 nafar (12,9%)

Joriy yilda iqtisodiyot sohasining qaysi tarmoqlarida ko‘proq ijobiy o‘zgarishlarni sezdingiz?

  • Turizmni rivojlantirish – 7597 nafar (80,4%)
  • Investitsion muhitni yaxshilash – 6971 nafar (73,8%)
  • Bank-moliya sohasini rivojlantirish – 6952 nafar (73,6%)
  • Hududlarni rivojlantirish – 6356 nafar (67,3%)
  • Soliqqa tortish tizimini takomillashtirish –5799 nafar (61,4%)
  • Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish – 5724 nafar (60,6%)

Iqtisodiyotning qaysi sohalarida innovatsion texnologiyalar ko‘proq joriy etildi?

  • Sanoat sohasida – 2961 nafar (31,3%)
  • Bank-moliya sohasida – 1955 nafar (20,7%)
  • Transport sohasida – 443 nafar (4,8%)
  • Qurilish sohasida – 2054 nafar (21,7%)
  • Xizmat ko‘rsatish sohasida – 2027 nafar (21,5%)

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yengilliklarni sezdingizmi?

  • Ha, yengilliklar yaratildi – 6526 nafar (69,1%)
  • Yo‘q, sezmadim – 2914 nafar (30,9%)

Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishi doirasida qaysi sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘proq ijobiy baholaysiz?

  • Oliy ta’lim sohasida– 6133 nafar (64,9%)
  • Umumiy ta’lim sohasida – 5990 nafar (63,4%)
  • Maktabgacha ta’lim sohasida – 6482 nafar (68,6%)
  • Sog‘liqni saqlash sohasida – 4772 nafar (50,5%)
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaatlarini ta’minlash – 5507 nafar (58,3%)
  • Pensionerlarmanfaatlarinita’minlash – 5803 nafar (61,4%)
  • Jamoattransporti – 4025 nafar (42,6%)
  • Arzon uy-joylar qurilishi – 5864 nafar (62,1%)
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish – 5628 nafar (59,6%)
  • Ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish – 5400 nafar (57,2%)
  • Yoshlarga oid siyosat – 5960 nafar (63,1%)

Ijtimoiy sohaning qaysi yo‘nalishlarida innovatsiyalar ko‘proq joriy etilmoqda degan savolga respondentlar quyidagicha javob berishgan;

Aholiga yanada keng qulayliklar yaratish maqsadida respublikamizda xususiy sheriklik asosida 2018-2019-yillarda 2 mingta ijtimoiy dorixonalar tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni respondentlarning 5430 nafari (58%) ijobiy, 2430 nafari (42%) salbiy baholashgan.

Jamoat xavfsizligi va tinchlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni qanday baholaysiz?

  • Ijobiy – 7793 nafar (82,5%)
  • Bu sohada o‘zgarishlarni sezmagan – 1149 nafar (12,2%)
  • Salbiy – 498 nafar (5,3%)

O‘zbekistonda diniy va diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlarni qanday baholaysiz?

  • Ijobiy – 6901 nafar (73,1%)     
  • Bu sohada o‘zgarishlarni sezmagan –1785 nafar (18,9%)
  • Salbiy – 754 nafar (8%)
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring