Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kosmonavtlar» stansiyasida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha ma’lumot berildi

«Kosmonavtlar» stansiyasida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha ma’lumot berildi

«Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi bugun, 9-avgust kuni, soat 08:55 larda Toshkent metropolitenning «Kosmonavtlar» stansiyasida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, «Kosmonavtlar» stansiyasining ikkinchi yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablariga ko‘ra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo bo‘lganida kolodkaning o‘z-o‘zidan avtomatik to‘xtashiga olib kelgan va tutun paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Nosozlik 5 daqiqada bartaraf yetilgan va mazkur holat Toshkent metropolitenining po‘yezdlar harakati jadvaliga ta’sir yetmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring