Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kubada tornadodan 170 dan ziyod inson jabrlandi

Kubada tornadodan 170 dan ziyod inson jabrlandi

Foto: AFP

Kuba poytaxti Gavana sharqida tornado oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 172 kishi jarohat oldi. Bu haqda Kuba Davlat kengashi va Vazirlar mahkamasi raisi Migel Dias-Kanel o‘z «Twitter»ida yozdi.

«Zarar jiddiy, uch kishining nobud bo‘lgani va 172 kishining jarohat olganidan qayg‘udamiz. Hodisa joyida bir nechta maxsus brigada ishlayapti», — deyiladi xabarda.

«Associated Press» xabariga ko‘ra, Kuba poytaxti va tevarak-atrofida kechadan beri kuchli shamol va yomg‘ir tinmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring