Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli qor yog‘ishi AQSh da sakkiz kishining umriga zavol bo‘ldi

Kuchli qor yog‘ishi AQSh da sakkiz kishining umriga zavol bo‘ldi

Foto: «Photo-Day»

AQSh da yoqqan birinchi qor ko‘p joylarga quvonch emas, tashvish keltirdi: shimoli-sharqiy va markaziy shtatlar yo‘llaridagi qor va muz sababli sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «CBSnews» xabar tarqatdi.

Sakkiz kishining halok bo‘lishiga qor yog‘ishi tufayli ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalari sabab bo‘ldi. Uch kishi Arkanzas, ikki kishi Missisipi, yana bir nafardan inson Merilend, Ogayo va Indiana yo‘llarida halokatga uchradi. Missisipidagi voqea 46 nafar yo‘lovchisi bor avtobus bilan sodir bo‘lgandi: ko‘plarni kasalxonalarga yotqizishgan, ikki nafar ayolning umrini saqlab qolishning ilojisi bo‘lmagan.

Birinchi qor AQShning 80 million kishi yashovchi hududlariga yopirildi. Ayrim joylarda qorning qalinligi 20 santimetrgacha yetdi. Virjiniya, Ogayo, Kentukki, Indiana shtatlari va boshqa ayrim hududlarning qariyb 300 ming nafar aholisi elektr tarmog‘idan uzilib qoldi.

Kuchli qor yog‘ishi natijasida aviakompaniyalar 1,6 mingdan ortiq reyslarini bekor qildi. Yana 8 mingta parvoz boshqa vaqtga ko‘chirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring