Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol Jizzax va Navoiydagi uylarga zarar yetkazdi (foto)

Kuchli shamol Jizzax va Navoiydagi uylarga zarar yetkazdi (foto)

Foto: FVV

Kuni kecha respublikamizning Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida 18-23 m/s tezlikda kuchli shamol esdi. Buning natijasida ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetdi, deb xabar bermoqda FVV.

Kuchli shamol oqibatida Jizzax shahri Olmazor mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 300 kv. metr maydondagi tom qismi qulab tushdi. Hodisada, shu uy oldida bo‘lgan «Lasetti» va «Kobalt» rusumli avtomobillarga texnik zarar yetgan.

Undan tashqari Navoiy viloyati Uchquduq tumani Yo‘lchilar OFY, Do‘stlik MFY, Aytim MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda ham shunday holatlar kuzatilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2 ta maxsus texnika va 16 nafar quqtaruvchi jalb etilgan. Ayni vaqtda voqea joyida zaruriy tadbirlar amalga oshirilib, ishlar davom etmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring