Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuman Messining «Barselona»dagi rolini o‘zgartirmoqchi

Kuman Messining «Barselona»dagi rolini o‘zgartirmoqchi

Foto: RT

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Lionel Messining maydondagi rolini o‘zgartirmoqchi. «Mundo Deportivo» yozishicha, Kuman argentinalik forvardni 4-2-3-1 sxemasi bo‘yicha yolg‘on o‘ng vinger pozitsiyasiga joylashtirmoqchi.

Soddaroq tushuntirganda, butun hujum chizig‘i bo‘ylab harakatlanish barobarida Messi hujumni kuchaytirish yoki zarba berishga zo‘r beradi. Kuman Messining yarim himoyaga hadeb qaytavermasdan hujumda ko‘proq qolishini, sheriklaridan ko‘proq uzatmalar qabul qilib olishini istamoqda. Murabbiy eng yaxshi futbolchisini himoya ishlaridan xalos etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, shartnoma bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng Messi jonajon klubi safiga qaytib, ilk mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring