Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kundoshini samosud qilgan opa-singilga jazo tayinlandi

Kundoshini samosud qilgan opa-singilga jazo tayinlandi

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida 1992-yilda tug‘ilgan, ikkita farzandi bor ayolni qaychi tiqib, sochlarini kesib samosud qilishgani haqida avval xabar berilgandi.

«Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, jamoat joyida qonunga xilof ish qilib, kundoshining sochlarini kesgan va tan jarohati yetkazgan ayol hamda uning opasiga jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudida hukm o‘qilgan. Unga ko‘ra, ayblanuvchilarning har ikkisi 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

«O‘g‘limni kolyaskada yetaklab ketayotgan vaqtim, orqamdan kelib, sochimdan ushlab, yerga ag‘darib, o‘zlari bilan olib kelgan qaychisi bilan sochlarimni kesdi. Buni videoga ham olishdi», — deydi jabrlanuvchi ayol.

Jabrlanuvchi sud hukmiga e’tiroz bildirmagan holda, ayblanuvchilar qilgan ishidan pushaymonligi sabab suddan ularga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo berilishini so‘rayotganini bildirgan. Aytishicha, ikkala ayblanuvchining ham ikki yoshli farzandlari bor.

Biroq aybdorlarga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgartirishsiz qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring