Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuvaytdagi bir restoranda 149 kishi zaharlandi

Kuvaytdagi bir restoranda 149 kishi zaharlandi

Foto: «Anado‘lu»

Kuvaytning Havolli shahridagi bir restoranda kecha 149 kishi zaharlandi. Zaharlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan edi. Ulardan 127 nafarining ahvoli yaxshiligi bois uylariga javob berildi. Qolgan 22 nafari (ularning 17 tasi bola) davolanayapti. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Kuvayt sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotiga ko‘ra, zaharlanganlarning 132 nafari «Muborak al-Kabir» shifoxonasiga, 17 nafari esa amirlik shifoxonasiga yotqizilgan edi.

«Muborak al-Kabir» shifoxonasi mudiri Nodiya Jumaning aytishicha, bemorlarni davolash uchun mamlakatdagi eng kuchli mutaxassislar chaqirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring