Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuyov kara-karani bilmagani uchun kelin to‘yni to‘xtatdi

Kuyov kara-karani bilmagani uchun kelin to‘yni to‘xtatdi

Foto: «Pixabay»

Hindistonda to‘y to‘xtatildi. Kuyov ko‘paytirish jadvalini bilmaganligi sababli marosim bekor qilindi. Bu haqda «Inquirer» xabar bermoqda.

To‘y 1-mayga belgilangan edi. Biroq kelin bo‘lajak erining bilimiga shubha bilan qaragan. Shuning uchun u yigitdan 1 dan 9 gacha bo‘lgan sonlarni 2 ga ko‘paytirishni so‘radi. Kuyov buning uddasidan chiqolmadi. Shundan so‘ng qiz to‘yni to‘xtatish haqidagi qarorini e’lon qildi.

Oilalar barcha kelishuvlarni bekor qilishga va bayram arafasida taqdim etilgan sovg‘alarni qaytarib berishga kelishib olishdi. Qizning akasi singlisining qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring