Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

KXDR iqtisodi inqiroz yoqasida, Kim Chen In esa raketalar sinovi bilan band

KXDR iqtisodi inqiroz yoqasida, Kim Chen In esa raketalar sinovi bilan band

Foto: STAK

KXDR rahbari Kim Chen In 2 avgustda o‘tkazilgan raketalar sinovini shaxsan kuzatdi. Xabar qilinishicha, bu sinovdan Kim Chen Inning ko‘ngli juda to‘lgan.

Biroz vaqt muqaddam KXDR sharqiy qirg‘oqlarida kichik masofaga uchadigan snaryadlar sinovi boshlangani aytilgan edi. Shimoliy Koreya matbuoti tomonidan xabar qilinishicha, bu o‘rinda gap yalpi reaktiv o‘t ochish tizimi haqida ketmoqda.

Xabar qilinishicha, ushbu raketalar Shimoliy Amerikaga hech qanday xavf solmaydi. KXDR iqtisodi sanksiyalar, qurg‘oqchilik va suv toshqinlari natijasida tobora pastga sho‘ng‘imoqda. Janubiy Koreya markaziy banki tomonidan xabar qilinishicha, 2018 yilda KXDRda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 2017 yilga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.

YaIM ishlab chiqarishdagi pasayish qatorasiga ikkinchi yil davom etyapti. Joriy yil ko‘rsatkichlari 1997 yildan buyon eng yomoni bo‘lishi kutilyapti. O‘shanda YaIM 6,5 foizga pastlagan va mamlakatda ocharchilik boshlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring