Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviyaning yangi prezidenti inauguratsiyada ikki marta qasamyod qildi

Latviyaning yangi prezidenti inauguratsiyada ikki marta qasamyod qildi

Foto: «AP»

Yevropa ittifoqining sobiq sudyasi Egils Levits bugun, dushanba kuni Seymda tantanali qasamyod qilib, rasman Latviya prezidenti bo‘ldi. Bu haqda «Sputnik Latviya» xabar berdi.

Seymdagi deputatlarning aksariyat ovozi bilan Levits prezident etib saylangandi. U ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatmagan Raymond Veyonisning o‘rnini egalladi.

Latviya respublikasi saylov tizimi noodatiyroq: prezidentni xalq emas, parlament saylaydi.

«Mening barcha ishlarim Latviya xalqi manfaatlariga bag‘ishlanishiga qasamyod qilaman. Latviya va uning aholisi farovonligi uchun kuchim yetganicha barcha ishni qilaman. Latviya konstitutsiyasi va davlat qonunlarini muqaddas bilaman. Hammaga adolatli bo‘laman va o‘z vazifalarimni vijdonan bajaraman», — Levitsning qasamyodi shu mazmunda bo‘lishi kerak edi.

Portal xabariga ko‘ra, Levits qasamyodini qayta takrorlashiga to‘g‘ri kelgan, negaki, u birinchisida oxirgi gapdagi «sirdsapzina» («vijdon») so‘zini «apzina» («hush») so‘ziga adashtirib yuborgan.

Ma’lumot uchun: Egils Levits 1982-yili Gamburg universiteti yuridik fakultetini, 1985-yili esa shu universitetning ijtimoiy fanlar va falsafa fakultetini bitirgan. Latviyaning Germaniya, Shveysariya, Avstriya va Vengriyadagi elchisi, Seym deputati, adliya vaziri, Yevropa inson huquqlari bo‘yicha sudining Latviyadan a’zosi bo‘lgan.

2015-yili ham nomzodini mamlakat prezidentligiga ilgari surgandi.

Egils Levits — Latviya konstitutsiyasining kirish qismini yozgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring