Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«LG Group» rahbari olamdan o‘tdi

«LG Group» rahbari olamdan o‘tdi

Foto: «Iz.ru»

«LG Group» kompaniyalari guruhi raisi Ku Bon Mu Seulda 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda «TASS» xabar bergan.

Ku Bon Muning ahvoli og‘irlashib, 17-may kuni kasalxonaga yotqizilgandi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yil uning bosh miyasida bir necha marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Ku Bon Mu «LG Group»ni 23 yil davomida boshqarib kelgan. U bu lavozimni otasi Ku Chja Gyondan so‘ng 1995-yili egallagandi. Salomatligi yomonlashganidan so‘ng Ku Bon Mu «LG» boshqaruvini ukasi, rais o‘rinbosari Ku Bon Chjunga topshirgandi.

«Yonhap» agentligi xabar berishicha, kompaniya rahbarligi yaqin vaqt oralig‘ida marhumning asrandi o‘g‘li Ku Kvang Moga o‘tishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring