Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

LG: haqiqiy flagmanni endi ko‘rasiz

LG: haqiqiy flagmanni endi ko‘rasiz

Foto: «Terabayt»

Bir muddat avval ma’lum bo‘lganidek, Janubiy Koreyaning yirik IT-korporatsiya ishlab chiqaradigan navbatdagi kuchli mobil telefonlardan biri «LG G7 ThinQ» modeli bo‘ladi, deb xabar berdi «Terabayt».

Nomidan ko‘rinib turibdiki, mazkur smartfonga «sun’iy aql» hamda neyronli tarmoq texnologiyasi tatbiq qilinadi. Smartfon tizimi o‘z-o‘zini o‘qitib, yangi jihatlarni o‘zlashtiradi. Misol uchun, smartfon kamerasi vaziyatdan kelib chiqib avtomatik tarzda o‘zini sozlaydi.

Kecha, 7-aprelda internet tarmog‘ida «LG G7 ThinQ» smartfon modeli ishlab turgan jarayon aks etgan fotosurat e’lon qilindi. Suratlarda smartfon old panelining yuqorisida displey kesimining borligi hamda smartfonning haqiqiy nomi ma’lum bo‘ldi.

«LG G7 ThinQ» smartfonida joriy qilinadigan maxsus funksiya yordamida ekrandagi bu o‘yiqni yashirish mumkin bo‘ladi. Bunday jihatni biz «Huawei P20 Pro» hamda «OnePlus 6» modellarida ham ko‘ramiz.

Koreyalik taniqli ishlab chiqaruvchining yangi smartfoni ega bo‘ladigan 8 yadroli» Qualcomm Snapdragon 845» protsessorining chastota o‘lchami 2,8 GGs.ni tashkil qiladi. Smartfonda grafik-tasvirlarni «Adreno 630» video kartasi qayta ishlaydi. Platformada 4 gigabaytil tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotira bo‘ladi.

«LG G7 ThinQ» AnTuTu benchmarkida 252 473 ball to‘plagan. Bir muddat avval hali taqdim qilinmagan «OnePlus 6» smartfoni AnTuTu benchmarkida eng yuqori – 276 510 ball to‘plagan edi. «Xiaomi Mi Mix 2S» esa 270461 ball yiqqan.

«LG G7 ThinQ» qo‘sh sensorli ilg‘or bosh kamerasi, USB Type-C universal porti bilan bugungi raqobatga dosh bera oladi.

Telefon o‘ziga xos yangi optik suratga olish texnologiya o‘rnatilgan eng qimmat fotokamerasi bilan ajralib turishi xabar qilinmoqda. 16 megapikselli bosh sensorning diafragmasi f/1.5 standartli bo‘ladi, ya’ni jahonda eng ilg‘or.

Smartfon 6 dyuymli, OLED matritsali va QuadHD (2880 x 1440 pikselli) displey bilan ta’minlanadi. FullVision ekranning tomonlar nisbati 18: 9 standartida ishlanishi kutilmoqda. Flagman korpusi IP68 standarti bo‘yicha chang vasuvdan himoya qilingan.

Hozircha «LG G7 ThinQ» taqdimot kuni to‘g‘risida biror rasmiy ma’lumot yo‘q. Bir qator taniqli insayderlarga ko‘ra, yangi flagman aprelning oxirlarida namoyish qilinadi.

Narx-navo ham jihatlarga yarasha bo‘ladi. «LG G7 ThinQ» flagmanining 1030 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda smartfon bozorida sotilayotgan «LG V30S ThinQ» kuchli modellardan biri bo‘lib, Koreyada S9 modeliga jiddiy raqib bo‘lmoqda. S9 modeli $720 hamda S9+ $840 dollar bahosida, «LG V30S ThinQ» esa 1000 AQSh dollaridan savdoga chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring