Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi: uy tashvishlarini emas, vaqtni qadrlaydigan ayollar uchun!

LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi: uy tashvishlarini emas, vaqtni qadrlaydigan ayollar uchun!

Yemoq uchun ovqat tayyorlamoq, yoki ovqat tayyorlamoq uchun yemoq – qay birini tanlaysiz? LG Electronics kompaniyasi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar bu savolga osongina javob topish imkonini beradi.

Maishiy masalalarga eng kam vaqt sarflab, o‘z huzur-halovatingiz uchun yashashni o‘rganing! LG NeoChef MH6336GIB mikroto‘lqinli pechi Sizga ortiqcha xarajatlarsiz tansiq yegulik tayyorlash imkonini beradi. Siz ishdan qaytganingizdan so‘ng vaqtingizda oshxonada cho‘mich yoki kapgir bilan emas, yaqin insonlaringiz bilan o‘tkazishingiz lozim. Zero siz oshxonaga emas, uyingizga kelasiz! Qulay, o‘ziga xos uslubda ishlangan, eng muhimi, eng nozik did sohiblari talablariga ham javob bera oladigan LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi o‘zining ulkan imkoniyatlari bilan hayotingizni yengillashtirishdan tashqari bejirim dizayni bilan xonadoningizga fayz bag‘ishlaydi.

Har qanday mikroto‘lqinli pechning asosiy vazifasi yegulikni har taraflama teng isitib berishdan iborat. Ichki qismlarigacha kirib boruvchi haroratning aniq nazorati tufayli (1000 Vt) yegulikning faqat chetki qismlari emas, to‘laligicha isitilishini ta’minlaydi. Smart Inverter texnologiyasi magnetronga nurlanishni eng yuqori ko‘rsatkichlarda emas, belgilangan rejimga ko‘ra generirlash imkonini beradi va bu o‘z navbatida yegulik tayyorlash tezligini 1,5 barobar oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari yegulik qurib qolgan va sovuq qismlarsiz tayyor bo‘ladi. LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi bilan tayyorlanishi mumkin bo‘lgan taomlar xilma-xilligi har qanday restoran taomnomasi bilan bellasha oladi. Bu texnikaning gril, yopish, kuydirish, eritish, qizdirish kabi funksiyalaridan tashqari yogurtlar tayyorlash imkoniyati juda ajoyibdir. Shu tarzda sizning kunlik taomnomangiz sezilarli darajada kengayadi.

O‘z yaqinlaringizni nonushtaga yangi tayyorlangan bulochkalar, tushlikka sabzavotlar bilan pishirilgan qo‘y go‘shti, kechki ovqatga mazali baliq kabi taomlar bilan xursand qilib, hafta davomida ratsionni o‘zgartirib boring.

Ichki hajmining kattaligi, oltiburchaki platformaga joylashtirilgan qulay aylanuvchan stolcha, mazkur modeldagi mikroto‘lqinli pechning yaqqol afzalligidir.

Albatta, har qanday uy bekasi o‘z oilasi haqida qayg‘uradi. Shu bois barcha LG NeoChef mikroto‘lqinli pechlari antibakterial qoplama bilan jihozlangan va bu o‘z navbatida mahsulotlarni mikrob va bakteriyalardan faol himoyalaydi. Easy Clean tizimi esa pech yuzasini kimyoviy vositalarsiz tez va samarali tozalash imkonini beradi. Gubka bilan bir nechta harakat qilsangiz kifoya – maishiy texnikangiz yarqirab qoladi!

LG NeoChef mikroto‘lqinli pechidan nafaqat uy bekalari, balki bolalar ham foydalanishlari mumkin. Chunki u shuncha imkoniyatlariga qaramay foydalanish uchun juda sodda va qulay. Boshqaruv panelida avtomatik dasturlar o‘rnatilgani tufayli maktabdan och kelgan o‘quvchi zudlik bilan qisirlaydigan tovuq tayyorlab olishi yoki pitssani isitishi mumkin.

Ichki qismidagi yorqin nurlar taom tayyorlash jarayonini kuzatib borish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida mikroto‘lqinli pechni nafaqat samarali, balki kamchiqim tarzda ishlatish demakdir.

LG kompaniyasining oldinni ko‘ra oluvchi va progressiv fikrlovchi oshxona texnikalari shu paytga qadar ham bir necha marta o‘zining har bir xonadonga loyiqligini isbotlagan. Uy bekalari uning qulayligi, taom tayyorlash sifati, xavfsizligi, aniq ishlashi va ekologiyaga bezararligini yuksak qadrlaydilar. Vaqtni tejovchi va ichki tuyg‘ularni ifodalovchi LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi siz texnikaga emas, texnika sizga ishlashining yorqin namunasidir.

Bu «aqlli» yordamchi haqidagi barcha ma’lumotlarni saytimizdagi ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 77 07);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring