Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liviyadagi eng yirik neft koniga qurolli hujum uyushtirildi

Liviyadagi eng yirik neft koniga qurolli hujum uyushtirildi

Foto: «Getty Images»

Liviyadagi eng yirik Ash-Sharara neft koniga qurollangan noma’lum shaxslar hujum uyushtirdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi bugun, 29-aprel kuni xabar berdi.

Liviya janubidagi ushbu kon joylashgan yerlar shu yilning fevral oyida marshal Xalifa Haftar tarafdorlari qo‘liga o‘tgandi.

Hozircha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli bosqindan jabrlanganlar yo‘q, infratuzilmaga ziyon yetkazilmagan.

Ta’kidlanishicha, mazkur neft koniga ilk marta qurolli hujum uyushtirilishi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabr oyida mahalliy tuareg qabilalari Ash-Shararani egallab olganidan so‘ng Liviya bu konda neft qazib olish ishlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgandi. O‘shanda tuareglar Liviya milliy neft kompaniyasi oldiga qator talablarni qo‘yishgandi.

Ma’lumot uchun: Liviya janubidagi Murzuk cho‘lida joylashgan Ash-Sharara neft koni 1980-yili ochilgan. Aniqlangan neft zaxiralari uch milliard barrelga teng, bu yerda sutkasiga 340 ming barrel yoki mamlakatdagi neftning uchdan bir qismi qazib olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring