Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Lokomotiv» braziliya va janubiy koreyalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

«Lokomotiv» braziliya va janubiy koreyalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

Foto: «Sports.uz»

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirayotgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi safida bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tayotgan edi.

«Sports.uz» sayti xabariga ko‘ra, «Lokomotiv» bugun mana shunday futbolchilardan 2 nafari bilan shartnoma tuzdi. Bular – Janubiy koreyalik hujumchi Cho Suk Jae hamda braziliyalik yarim himoyachi Nivaldo Rodriges Ferreyra.

Cho Suk Jae 24 yoshda bo‘lib, u bungacha «Chonbuk Motors» jamoasi safida to‘p surib kelayotgan edi. Shuningdek, bir muddat «Chonnam Dragons» hamda «Anyang» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Braziliyalik Nivaldo esa 29 yoshda bo‘lib, u bunga qadar Belorussiyaning «Dinamo Brest» jamoasi a’zosi edi. U faoliyati davomida Braziliyaning «Baraunas», Qozog‘istonning «Atirau», Rossiyaning «Sibir», «Luch Energiya» va Belorussiyaning «Gomel» kabi jamoalari safida faoliyat olib borgan.

Shu tariqa, «temiryo‘lchilar» Osiyo chempionlar ligasida to‘liq legionerlar limitidan foydalanadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» safida shuningdek, gruziyalik Kaxi Maxaradze va serbiyalik Igor Yelich kabi legionerlar mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring