Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Londonlik taksichilar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi

Londonlik taksichilar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi

Foto: «Twitter.com»

Avgust oyidan boshlab Londondagi keblar (taksi mashinalari) yuragi urishdan to‘xtagan yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida defibpillyatoplar bilan ta’minlana boshladi, deb xabar bergan «Standard.co.uk».

Londondagi shoshilinch tibbiy yordam xizmati mutaxassislari taksichilarga birinchi yordam ko‘rsatish va elektron qurilmalardan foydalanish bo‘yicha olti oylik o‘quv kurslari o‘tishdi.

Favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda, ya’ni yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashganda taksi haydovchisi «GoodSAM» ilovasi yordamida qutqaruv xizmati dispetcheri bildan bog‘lanadi. «Tez yordam» mashinasi yetib kelgunicha taksichining o‘zi yurak massajini amalga oshirishi va  defibpillyatopni ishlatishi mumkin. Agarda defibpillyatop yo‘lovchining yuragi urmayotganini ko‘rsatsa, haydovchi elektr razryaddan foydalanishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tish kerakki, kutilmaganda yuragi to‘xtab qolgan inson har daqiqada yashab ketish imkoniyatini 10 foizga yo‘qotadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring