Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lotin Amerikasidagi eng yirik korrupsiya mojarosida yangi «o‘yinlar» fosh bo‘lmoqda

Lotin Amerikasidagi eng yirik korrupsiya mojarosida yangi «o‘yinlar» fosh bo‘lmoqda

Foto: «Globallookpress.com»

Ekvador milliy sudi mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glasni korrupsiyada ayblab, 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «Istoé» tabloidi mahalliy hukumatga tayanib xabar bermoqda.

Bu neft mahsulotlarini qazib olish bo‘yicha shartnomalar bilan bog‘liq firibgarlikka taalluqli ish edi. Glas bilan birga uning ikki vaziri — Vilson Pastor va Karlos Rareyya Yannutsselli ham kamomadda ayblanib 8 yilga «kesildi». Korrupsiya sxemasining yana to‘rt nafar ishtirokchisiga ham xuddi shunday jazo berildi; ushbu ishga oid yana olti gumonlanuvchi esa oqlandi.

Bu Glas tomonidan qabul qilingan uchinchi ayblov hukmi. 2017-yilda prezident Lenin Moreno uni lavozimidan chetlatgandan ko‘p o‘tmay qurilish firmalari bilan bog‘liq korrupsiya ishida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. «Odebryecht ishi» nomi bilan mashhur ushbu korrupsiya mojarosi Lotin Amerikasidagi eng yirik voqealardan biriga aylandi. Glas aybiga iqror bo‘lmadi. 2020-yil sentyabrda u poraxo‘rlik ishi bo‘yicha yana sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring